» » Yaponiya Janubiy Koreyaning yangi prezidenti bilan KXDR masalasi bo‘yicha hamkorlikka umid qilmoqda

Yaponiya Janubiy Koreyaning yangi prezidenti bilan KXDR masalasi bo‘yicha hamkorlikka umid qilmoqda


Yaponiya KXDR masalasi bo‘yicha Koreya Respublikasi bilan hamkorlikni muhim deb hisoblaydi va Pak Kin Xening impichmenti tasdiqlanganidan keyingi ikki oy davomida saylanishi kerak bo‘lgan yangi prezident bilan yaxshi aloqalar o‘rnatadi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Janubiy Koreya bilan KXDR muammosi bo‘yicha hamkorlik biz uchun juda zarur. Biz ushbu mamlakatning yangi prezidenti ma’muriyati bilan turli sohalarda munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga umid qilamiz”, — dedi u Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi qarorini izohlar ekan.

Kisida, shuningdek, Yaponiya tomoni hozircha o‘z elchisining Seulga qaytishi masalasi bo‘yicha qaror qabul qilmaganini aytdi. Elchi ikki oy avval Pusandagi Yaponiya elchixonasi yaqiniga yapon istilosi davrida jinsiy zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar sharafiga haykal o‘rnatilgach, chaqirib olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi 2016-yil 9-dekabrda yirik korrupsiya mojarosi fonida mamlakat parlamenti tomonidan prezident Pak Kin Xega nisbatan e’lon qilingan impichmentni tasdiqladi.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют