» » “ROBO CODERS—2019” tanlovi g‘oliblari sovg‘asiz qolishi mumkin

“ROBO CODERS—2019” tanlovi g‘oliblari sovg‘asiz qolishi mumkin


4-fevraldan boshlab “O‘z robotingni yarat va noutbuk yutib ol” shiori ostida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “ROBO CODERS—2019” tanlovi g‘oliblari sovg‘asiz qolishi mumkin. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek innovatsion markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlov Mirzo Ulug‘bek innovatsion markazi (Mirzo Ulugbek Innovation Center) tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lib, unda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etmoqda. Buning uchun mantiqiy matematik masalalar yechimi uchun kodlar yozish qobiliyatiga ega bo‘lish talab etilgan.

Tanlovning birinchi bosqichi 2019-yil 17-fevralda o‘tkazilgan bo‘lib, unda ishtirokchilarga robototexnikaga oid mantiqiy hisob-kitoblar va algoritmlarga oid topshiriqlar berilgan.

Ikkinchi — yakuniy bosqich esa 24-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tadi.

Tanlov shartiga ko‘ra, g‘oliblar noutbuklar va boshqa turdagi qimmatli sovg‘alar bilan taqdirlanishi kerak.

Biroq Innovatsion markazga bog‘liq bo‘lmagan holda tanlovda ishtirok etish uchun poytaxtga Xorazm, Namangan, Buxoro kabi respublikaning turli burchaklaridan kelgan ishtirokchilar sovg‘asiz qolish mumkin.

Gap shundaki, tanlov Innovatsion markaz hisobidan o‘tkazilmoqda. Ammo bir oy davomida Innovatsion markaz hisob raqami Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan bloklab qo‘yilgan. Soliq qo‘mitasi esa markaz foydasiga hech qanday choralar ko‘rmayapti.

Mavzuga doir: “ROBO CODERS—2019” tanlovining birinchi tur natijalari ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют