» » Namanganda mashinasidan marixuana chiqqan shaxs IIB xodimiga 400 dollar pora berishga urindi

Namanganda mashinasidan marixuana chiqqan shaxs IIB xodimiga 400 dollar pora berishga urindi


2019 yil 19-fevral kuni Kosonsoy tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakili Namangan viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bildirgiga ko‘ra, shu kuni olingan tezkor ma’lumotga asosan Kosonsoy tumanida yashovchi, 1964-yilda tug‘ilgan fuqaro B.A. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ 2101” rusumli avtomobil tekshirib ko‘rilganda mashina orqa o‘rindig‘i ostidan ko‘kimtir rangli, o‘tkir hidli o‘simliklar saqlab kelinayotganligi aniqlanib, tekshirib ko‘rishlik uchun olingan.

Ular mutaxassis tomonidan xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan va tortilganda 53 gramm miqdordagi marixuana giyohvandlik moddasi ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Shunga asosan Kosonsoy tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakili tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganda B.A. unga ishni ijobiy hal etish uchun 400 AQSh dollari miqdorida pul taklif etgan.

Bildirgida keltirilgan ma’lumotlarni tekshirish maqsadida IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi va Kosonsoy tuman prokuraturasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro B.A. Kosonsoy tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakili xizmat xonasida 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman prokuraturasi tomonidan JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют