» » Ramzan Qodirov Habib Nurmagomedovga tayinlangan jazoni butun Kavkazni tahqirlash bilan taqqosladi

Ramzan Qodirov Habib Nurmagomedovga tayinlangan jazoni butun Kavkazni tahqirlash bilan taqqosladi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Instagram’dagi sahifasida UFC 229 musobaqasida yuzaga kelgan janjaldan so‘ng Habib Nurmagomedovga tayinlangan jazo haqida gapirdi.

Qodirovning ta’kidlashicha, Nurmagomedovdek jangchisi borligi Kavkazning omadi. Biroq uning fikriga ko‘ra, rossiyalik va “kekkaygan irlandiyalik provokator” Konor Makgregorga tayinlangan jazo nomutanosibdir.

“Bularning barchasi butun Kavkaz xalqini xo‘rlash va bizning birodarlarimiz, ularning yuzlarini loy bilan bulg‘ash uchun qilindi”, — deydi Checheniston prezidenti.

Nurmagomedov Kavkazning chinakam xarakterini namoyish qildi, deya qo‘shimcha qiladi Qodirov.

“Kavkaz xalqini yomon ko‘ruvchilarning va ulardan qo‘rquvchilarning uzoqni ko‘zlovchi rejalari amalga oshmadi. Gap ishonch, g‘urur va qadr-qimmat haqida ketganda, hattoki pul va shon-shuhratning ahamiyati yo‘qligini bu bolalar (Habib va Abubakar Nurmagomedov va Zubayra Tuxugov) isbotladi”, — deydi u.

Nurmagomedov — yengil vazn toifasida UFC chempioni. O‘tgan yilning oktabr oyida UFC 229 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tgan chempionlik uchun jangda Habib Makgregorni mag‘lub etgandi. Jangdan so‘ng dog‘istonlik jangchi raqibining sekundanti bilan mushtlashib ketgan, uning jamoasidagilar esa Makgregor bilan janjal uyushtirgandi.

Natijada Nevada shtati Atletika komissiyasi Nurmagomedovni 9 oyga janglardan chetlashtirdi va 500 ming dollar jarima belgiladi. Abubakar Nurmagomedov hamda Tuxugov esa 25 ming dollar jarima puli to‘laydigan bo‘ldi va ular 1 yilga janglardan diskvalifikatsiya qilndi. Makgregorga 50 ming dollar jarima solindi hamda yarim yilga janglardan chetlatilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют