» » Yaponiyada to‘fon qurbonlariga nisbatan haqoratli gaplari uchun yirik mansabdor ishdan bo‘shatildi

Yaponiyada to‘fon qurbonlariga nisbatan haqoratli gaplari uchun yirik mansabdor ishdan bo‘shatildi


Yaponiya hukumati devonida yuqori lavozimda ishlaydigan mansabdor shaxs tabiiy ofatlar qurbonlari ustidan kulish deb qabul qilingan gaplari uchun o‘z amalidan tushirildi, deb yozadi “TASS”. Vazirlar mahkamasi kanselyariyasining parlament kotibi, 60 yoshli Syunske Mutaining o‘zi avvalroq iste’fo so‘rab ariza bergan va rasman uzr so‘ragan edi.

Mutai bilan bog‘liq mojaro u o‘tgan yilning sentabrida to‘fondan jabr ko‘rgan tumanlardan biriga xizmat safari bilan yuborilganida yuzaga kelgan edi. O‘shanda rezina etik kiyishni unutgani uchun, suv va loyga to‘la joyda yura olmay qolgan mansabdorni uning qo‘l ostida ishlaydigan xodim opichlab yurishiga to‘g‘ri kelgan. Bu shov-shuvga sabab bo‘lgach, hukumat vakili o‘z xulqi uchun uzr so‘radi, ammo jazolanmadi.

Shu haftada bo‘lib o‘tgan xayriya tadbirlaridan birida parlament kotibining o‘zi ushbu voqeani esga oldi va sentabrdagi to‘fon tufayli rezina etiklarga talab o‘sib ketganini aytdi.

Uning bu gapi ofatdan jabrlangan minglab kishilarning azoblari ustidan kulish deb baholandi. Hukumat osoyishtalikni buzuvchi mansabdordan qutulishga qaror qildi.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют