» » Pavlodarda 14 yoshli qizcha yonayotgan uydan 2 singlisini qutqardi

Pavlodarda 14 yoshli qizcha yonayotgan uydan 2 singlisini qutqardi


Pavlodarda maktab o‘quvchisi yonayotgan uydan 4 yoshli ikki qizchani olib chiqdi, deb xabar berdi “Zakon.kz”.

21-fevral kuni soat 15:29 da yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga Pavlodarning Karl Marks ko‘chasidagi uyning yonayotgani haqida xabar kelib tushdi.

“Qutqaruvchilar hodisa joyiga yetib kelganida uy jihozlari, mebel va boshqa buyumlarning yonayotgani aniqlandi. Yong‘in oqibatida uyning 120 metr kvadrat maydoni yonib ketgan. Shuningdek uy ichida 1948-yilda tug‘ilgan erkakning chala yongan jasadi ham topilgan”, — deyiladi xabarda.

O‘t o‘chiruvchilar kelgunicha uyda bo‘lgan 14 yoshli qiz 2015-yilda tug‘ilgan ikki nafar singlisini derazadan tashqariga chiqargan.

Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют