» » Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam qanday tartibda to‘lanadi?

Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam qanday tartibda to‘lanadi?


O‘zA kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar to‘lanish tartibi haqida ma’lumot berdi.

Kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamning quyidagi turlari mavjud:

Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga to‘lgan oydan keyingi oyga o‘tmasligi kerak.

Agar tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan ikki va undan ortiq bolalar parvarish qilinsa, u holda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa kichik bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bir baravar miqdorda to‘lanadi.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qaror fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi – posyolka, qishloq va ovul, shuningdek, shaharlarning mahallalari fuqarolar yig‘ini yoki bunday qarorlarni qabul qilish uchun fuqarolar yig‘ini tomonidan vakolat berilgan Komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Ushbu Komissiya tarkibi kamida 15 kishidan iborat bo‘lishi kerak.

Komissiya qarori, uning yig‘ilishida tasdiqlangan tarkibning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa qonuniy hisoblanadi.

Fuqarolar yig‘ini tomonidan ehtiyojmand deb e’tirof etilgan oila nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega.

Nizomda 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar), nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga egaligi ko‘rsatilgan.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik daromad 304 mingdan kam bo‘lganda tayinlanadi.

Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi.

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun oila tarkibiga:

Oilaning birgalikda yashovchi a’zolari tarkibi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan belgilanadi.

O‘rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga, oila a’zolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:

Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют