» » Qashqadaryoda faoliyati namunali profilaktika inspektorlari rag‘batlandirildi

Qashqadaryoda faoliyati namunali profilaktika inspektorlari rag‘batlandirildi


Qarshi shahridagi Mulla To‘ychi Toshmuhammedov nomli viloyat musiqali drama teatrida “Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punktlari” respublika ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ko‘rik tanlovning viloyat bosqichida “Namunali tayanch punkti” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin Kitob tumani “Sharq yulduzi” mahalla profilaktika inspektori, kapitan Sherzod Yusupovga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Shahrisabz shahar, “Kesh” mahalla profilaktika inspektori, leytenant Maqsud Esonov egallagan. 3-o‘rin Qamashi tumani “Sarbozor” mahalla profilaktika inspektori, leytenant Bo‘ri Egamberdiyevga nasib etgan.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari Dolli Allayev mazkur tadbir o‘tgan yilgisidan profilaktika inspektorlarining turmush o‘rtoqlari ham taklif etilganligi bilan alohida ajralib turganligini ta’kidladi. Dolli Allayevga ko‘ra, mazkur taklif viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bo‘lib, tadbir so‘ngida profilaktika inspektorlari va ularning turmush o‘rtoqlarining madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash maqsadida, teatr jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asari namoyishi ham ko‘zda tutilgan.

Tadbirda shuningdek, 7 ta nominatsiya bo‘yicha eng kuchlilar deya e’tirof etilgan g‘oliblar taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida: Bugungi kunda viloyatda 15 ta shahar va tuman IIBlari mavjud bo‘lib, 620 nafar profilaktika inspektorlari faoliyat olib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют