» » Qoraqalpog‘istonda kompleks davlat xizmatlari joriy etiladi

Qoraqalpog‘istonda kompleks davlat xizmatlari joriy etiladi


Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasida Qoraqalpog‘istondagi Davlat xizmatlari markazlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini transformatsiyalash natijalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Nukus shahri va Qo‘ng‘irot tumanlari davlat xizmatlari markazlari bazasida bola tug‘ilishi bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish kompleks tizimini tajriba tariqasida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Davlat xizmatlari agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi BMT taraqqiyot dasturining “Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi bilan hamkorlikda bola tug‘ilishi bilan bog‘liq bir nechta davlat xizmatlarining ma’muriy ish tartibi loyihasini ishlab chiqdi.

Yangi xizmat quyidagicha ko‘rsatiladi: avval tibbiy muassasa (tug‘ruqxona, shifoxonaning tug‘ruq bo‘limi) tegishli anketani to‘ldirish va elektron tibbiy ma’lumotnoma berish uchun elektron shaklda ota-ona va bola to‘g‘risida ma’lumot tayyorlaydi. So‘ngra bu ma’lumotlar elektron yo‘l bilan davlat xizmatlari markaziga yuboriladi. Bu yerda ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra nafaqat tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani, balki bir martalik ijtimoiy nafaqa va chaqaloqni poliklinikaga ro‘yxatga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarni ham hal qilish mumkin bo‘ladi.

So‘rov olinganidan so‘ng davlat xizmatlari markazlari ma’lumotlarni zudlik bilan FHDYo va Pensiya jamg‘armasiga jo‘natadi. FHDYo bolaning tug‘ilganligini qayd etadi va davlat xizmatlari markaziga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etadi, Pensiya jamg‘armasi esa bir martalik ijtimoiy nafaqani belgilaydi. Barcha ma’lumotlar olinganidan keyin bir ish kuni davomida ota-onaning arizada ko‘rsatilgan bank raqamiga mablag‘ o‘tkazadi. Xuddi shunday poliklinikalar ham elektron shaklda zarur ma’lumotlarni olib, chaqaloqning salomatligini nazoratga oladi.

Shuningdek, Nukus shahri i va Qo‘ng‘irot tumani davlat xizmatlari markazlari yoshga doir davlat pensiyasini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlarni ham ko‘rsatadi.

Hozirda pensiyaga chiqish jarayoni qog‘ozbozlikdan iboratligini ko‘pchilik ta’kidlaydi. Bo‘lajak pensionerlar idorama-idora yugurib, arxivlarda navbat turib, mehnat stajini tasdiqlovchi turli xil ma’lumotlarni yig‘ib, bu jarayonga bir necha oy oldindan tayyorlanadi.

“Birlashgan” xizmatlar bittagina hujjatni to‘ldirib, turli idoralarning xizmatlarini bir joydan olish imkoniyatini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют