» » Sukerbergning rafiqasi yana farzand kutmoqda

Sukerbergning rafiqasi yana farzand kutmoqda


Facebook asoschisi Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan ikkinchi marta ota-ona bo‘ladi. Bu haqda Sukerberg ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

“Prissilla va men yana bir qizalog‘imizning tug‘ilishini kutayapmiz”, — deb yozdi 32 yoshli Sukerberg.

Uning so‘zlariga qaraganda, rafiqasining birinchi homiladorligi og‘ir kechganligi uchun ular yana farzandli bo‘lishiga ishona olmagan. “Prissilla yana homilador ekanligini bilganimizda, birinchi navbatda bolaning sog‘lom ekanligiga umid qildik. Ikkinchi navbatda uning qizaloq ekanligiga umid qildim. Men Maks uchun singildan kattaroq sovg‘ani tasavvur qila olmayman”, — deya ta’kidladi ijtimoiy tarmoq asoschisi.

Sukerberg uning o‘zi ham, rafiqasi Chan ham opa-singillari qurshovida ulg‘ayganligini qo‘shimcha qildi.

“Barchamiz hayotimizdagi kuchli ayollar — opa-singillar, onalar va do‘stlarimiz tufayli yaxshi insonlar bo‘lib ulg‘ayganmiz. Yana bir kuchli ayolni tarbiyalash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, — dedi u.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют