» » Shvarsenegger AQSh senatorligiga da’vogarlik qilishi mumkin

Shvarsenegger AQSh senatorligiga da’vogarlik qilishi mumkin


Kelib chiqishi avstriyalik aktyor va Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger kelajakda AQSh Kongressi Senatiga o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin, deb yozadi “TASS” Politico gazetasiga tayanib.

Nashrning Kaliforniyadagi Respublikachilar partiyasiga aloqador manbalariga ko‘ra, Shvarsenegger 2018-yilda senat a’zoligiga harakat qilib ko‘rishi mumkin. Aktyorning rasmiy vakili Daniel Ketchell ham unda bunday rejalar paydo bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi.

Shvarsenegger Amerikaning amaldagi yetakchisi Donald Trampning siyosiy yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lgan siyosiy platformani taklif qilishi mumkin.

Shu yil boshida aktyor va prezident o‘rtasidagi pichinglar OAVlar e’tiborini tortgan edi. 2-fevral, payshanba kuni Tramp Milliy ibodat nonushtasi munosabati bilan so‘zlagan nutqida Shvarsenegger “Mashhurning shogirdi” (The Celebrity Apprentice) ko‘rsatuvi reytingini tushirib yuborgani uchun uni “duo qilib qo‘yishga” chaqirdi. Aktyor va realiti-shou boshlovchisi Arnold Shvarsenegger esa AQSh prezidenti Donald Trampga “o‘zaro o‘rin almashishni” taklif qildi.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют