» » Toshkent viloyatida o‘tkazilgan “Diqqat, temir yo‘l!” tadbirida 174 haydovchiga chora ko‘rildi

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan “Diqqat, temir yo‘l!” tadbirida 174 haydovchiga chora ko‘rildi


Toshkent viloyati YHXB xodimlari hududdagi temir yo‘l kesishmalariga yaqin joylashgan 18 korxona-tashkilot, 21 o‘quv muassasasi va 26 mahallada profilaktik suhbatlar o‘tkazib, temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar berdi, deb yozadi O‘zA.

Bundan tashqari, 47 temir yo‘l kesishmasiga 80 YPX xodimi biriktirilib, temir yo‘l kesishmasidan elektropoyezdlarning o‘tish vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlash ishlari olib borildi.

Tadbir davomida, birgina 20-fevral kunida temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidasini buzgan 174 haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, temir yo‘l kesishmalarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi va tegishli boshqarmalar bilan hamkorlikda ishlar tashkil qilindi. Misol uchun, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda video kuzatuv kameralari yordamida temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidalarini buzib harakatlangan transport vositalari haydovchilariga nisbatan choralar ko‘rildi.

Jumladan, Nexia rusumli davlat raqam belgisi 10 C 556 QA bo‘lgan haydovchi o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, yopiq turgan shlagbaumdan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan, qolaversa Matiz rusumli davlat raqam belgisi 10 S 437 QA bo‘lgan haydovchi kesishmaning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatini davom ettirgan.

O‘z navbatida, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan 174 nafar haydovchiga nisbatan MJtKning 130-moddasi 1-qismiga asosan eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida, ya’ni 606 ming 190 so‘m, jami 105 million 825 ming 60 so‘m miqdorida jarima belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют