» » La Liga. “Barselona” bugun “Sevilya” bilan jang qiladi

La Liga. “Barselona” bugun “Sevilya” bilan jang qiladi


22-fevral, juma kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 25-tur bahslari boshlandi.

Turning dastlabki o‘yinida “Espanyol” klubi “Ueska” bilan durang o‘ynadi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Esteban Graneroning kiritgan goliga Habyer Echeita javob qaytardi (47).

23-fevral, shanba kuni turning markaziy o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda Lionel Messi yetakchiligidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi safarda Pablo Machin qo‘l ostidagi “Sevilya” klubi bilan jang qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.

24-fevral, yakshanba kuni 24-turdan so‘ng musobaqa jadvalida ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib olgan Diyego Simeone boshliq “Atletiko Madrid” klubi o‘z maydonida “Vilyarreal”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv soat 20:15 da start oladi.

Shu kuni 24-turda o‘z uyida “Jirona” klubiga yutqazib qo‘ygan (1:2) Santyago Solari boshqaruvidagi Madridning “Real” klubi safarda “Levante” bilan kurash olib boradi. To‘qnashuv tungi vaqt bilan 00:45 da boshlanishi belgilangan.

24-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

25-tur bahslari

22-fevral, juma

Gollar: 1:0 — 20 Granero, 1:1 — 47 Echeita

23-fevral, shanba

24-fevral, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют