» » A Seriya. “Milan”da g‘alaba, Pyontek esa yana gol urdi, bugun “Roma” o‘ynaydi (video)

A Seriya. “Milan”da g‘alaba, Pyontek esa yana gol urdi, bugun “Roma” o‘ynaydi (video)


22-fevral, juma kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 25-tur bahslariga start berildi.

Turning dastlabki o‘yinida Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Milan” jamoasi o‘z maydonida “Empoli”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvda Kshishtof Pyontek (49), Frank Kessie (51), Samu Kastilyexoning (67) kiritgan gollari “rossonerilar”ga g‘alaba keltirdi va jamoa navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

23-fevral, shanba kuni musoba jadvalida 5-o‘rinda borayotgan Rimning “Roma” klubi “Frozinone” maydoniga safar qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:30 da boshlanadi.

24-fevral, yakshanba kuni musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan Massimiliano Allegri boshqaruvidagi “Yuventus” klubi mehmonda “Bolonya” jamoasi bilan o‘ynaydi. Uchrashuvga 19:00 da start beriladi.

Shu kuni 53 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida ikkinchi pog‘onada borayotgan “Napoli” esa “Parma” bilan bahsga kirishadi. To‘qnashuv 22:00 da boshlanishi belgilangan.

Mazkur turning so‘nggi uchrashuvi “Fiorentina” hamda “Inter” klublari qarshiligi ostida kechadi. O‘yin tungi vaqt bilan 00:30 da start oladi.

24-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

A Seriya

25-tur bahslari

22-fevral, juma

Gollar: 1:0 — 49 Pyontek, 2:0 — 51 Kessi, 3:0 — 67 Kastilyexo

23-fevral, shanba

24-fevral, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2019, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют