» » Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida ichimlik suvidagi uzilishlar yuzasidan deputatlardan yordam so‘raldi

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida ichimlik suvidagi uzilishlar yuzasidan deputatlardan yordam so‘raldi


Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi mahallalarda davom etayotgan o‘rganish jarayonlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari Narimon Umarov hamda viloyatdan saylangan deputatlar ham faol ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvlarning birinchi kunida fraksiya rahbari Narimon Umarov tumandagi “O‘zbekistonning besh yilligi” mahallasi aholisi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi.

Mazkur mahallada 3 502 nafar aholi istiqomat qilib ular asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan mashg‘ul. Mahallada 74 nafar fuqaro kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, Narimon Umarov dastlab asosiy e’tiborni ushbu oilalarning moddiy faravonligini oshirishga qaratdi. Shu maqsadda ularga davlat tomonidan tomorqa xo‘jaligini, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot berildi. Shu kunning o‘zida 12 nafar kam ta’minlangan fuqarolar deputatlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini ko‘magida hujjatlarni jamlab imtiyozli kredit olish uchun tijorat banklariga topshirdi va ularga qisqa fursatda kredit ajratilishi belgilandi.

Deputat bilan suhbatda mahalla fuqarosi Shavkat Abdusamadov o‘tgan yili o‘zining ham kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida bo‘lganini, tomorqasidagi olti sotix maydonga issiqxona tashkil etib, yerdan unumli foydalanayotgani bois, yaxshigina daromad qilib, bu yil zamonaviy uy bunyod etganini faxr bilan ta’kidladi.

Muloqot jarayonida mahalla fuqarolari Abrayev O‘ral, Rahmonov Abdusalim, Hamrayev Tojimurod, Karimova Nilufar mahallada sport maydonini qurish lozimligi, aholini suyultirilgan gaz balonlar bilan ta’minlash yetarli darajada emasligini hamda 1,5 kilometrga yaqin suv quvuri yaroqsiz holga kelib qolgani sababli ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar bo‘layotganini aytib deputatlardan yordam so‘radi.

Tuman darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan, tabiiy gaz bosimining pastligi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi kabi masalalar yuzasidan tegishli mahalliy davlat organlari va boshqa tashkilotlarga aniq taklif va tavsiyalar berildi hamda ularning bajaralishi nazoratga olindi.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют