» » Shimoliy Koreya oziq-ovqat tansiqligi tufayli BMTdan yordam so‘radi

Shimoliy Koreya oziq-ovqat tansiqligi tufayli BMTdan yordam so‘radi


Shimoliy Koreya mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmayotgani sababli BMTdan gumanitar yordam so‘radi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 2019-yilda Shimoliy Koreyaga 1,4 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, guruch, bug‘doy, kartoshka va soya yetishmasligi mumkin.

BMT esa aholining gumanitar ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish imkoniyati bo‘lishi uchun Pxenyan bilan aloqada ekanini ma’lum qilgan.

BMTning UNICEF fondi 2018-yilning dekabr oyida bergan ma’lumotiga ko‘ra, 25 million aholiga ega Shimoliy Koreyaning deyarli 11 million fuqarosini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlash kafolatlanmagan. Uulardan uch millionga yaqinini bolalar va 18 ga to‘lmagan yoshlar tashkil etadi.

Ushbu muammo 27—28-fevral kunlari Kim Chen In va Donald Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan sammitda ham muhokama qilinishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют