» » Innovatsiya vazirligi ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirishni boshladi

Innovatsiya vazirligi ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirishni boshladi


Innovatsion rivojlanish vazirligida bajarilishi 2019–2021-yillarga mo‘ljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar, innovatsion ishlanmalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Amaliy ilmiy-texnik loyihalar, innovatsion ishlanmalar hamda dolzarb tematik tadqiqotlar tanlovlarini e’lon qilgach, har bir yo‘nalish bo‘yicha tanlovga kelib tushgan loyihalar vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Topshirilgan loyihalardagi ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi, natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan vazifalarga mosligi, ijrochilarning ilmiy-texnik salohiyati, ijrochi tashkilotda moddiy-texnik baza mavjudligi va boshqa mezonlar o‘rganilib, tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.

Ilmiy-texnik kengashlar xulosalari asosida moliyalashtirishga tavsiya etilgan ilmiy-texnik loyihalar vazirlik hay’atida ko‘rib chiqilib, moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, farmakologiya, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, kimyo, texnika yo‘nalishlaridagi aniq maqsadga yo‘naltirilgan 6 ta loyiha moliyalashtirildi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyiha rahbarlariga sertifikatlarni topshirdi.

Mazkur 6 ta tadqiqot ishlari moliyalashtirishga loyiq deb topilgan ilk loyihalardir. Endilikda vazirlik muntazam ravishda moliyalashtiriladigan loyihalarni rasmiy veb-saytida e’lon qilib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют