» » Bundesliga. “Bavariya” bugun “Herta” bilan o‘ynaydi, “Borussiya D” esa ertaga “Bayer”ni sinovdan o‘tkazadi

Bundesliga. “Bavariya” bugun “Herta” bilan o‘ynaydi, “Borussiya D” esa ertaga “Bayer”ni sinovdan o‘tkazadi


22-fevral, juma kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 23-tur bahslariga start berildi.

Turning dastlabki o‘yini “Verder” hamda “Shtutgart” jamoalari qarshiligi ostida kechdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Stiven Suber hisobni ochgan bo‘lsa, 45-daqiqaga kelib Deyvi Klaasen hisobni tenglashtirdi.

23-fevral, shanba kuni Niko Kovach boshqaruvidagi Myunxenning “Bavariya” klubi “Alyans Arena” stadionida “Herta”ni sinovdan o‘tkazadi.

Shu kuni musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan “Borussiya Myunxengladbax” jamoasi “Volfsburg” klubi bilan bahsga kirishadi. Ikkala o‘yin ham Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, myunxengladbaxliklar so‘nggi turda “Ayntraxt F” klubi bilan durang o‘ynagandi (1:1).

24-fevral kuni 51 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Lyusyen Favr qo‘l ostidagi “Borussiya Dortmund” klubi o‘z maydonida “Bayer Leverkuzen” jamoasi bilan jang qiladi. Uchrashuv 22:00 da boshlanishi belgilangan.

22-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Bundesliga

23-tur bahslari

22-fevral, juma

Gollar: 0:1 — 2 Suber, 1:1 — 45 Klaasen

23-fevral, shanba

24-fevral, yakshanba

25-fevral, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют