» » Xitoylik ishbilarmonlar Navoiyga qariyb 300 mln dollar investitsiya olib kiradi

Xitoylik ishbilarmonlar Navoiyga qariyb 300 mln dollar investitsiya olib kiradi


Xitoyning Chjenszyan provinsiyasi ishbilarmonlari Navoiy viloyatiga qariyb 300 million AQSh dollariga teng investitsiya jalb etadi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar berdi.

Xitoyning Xanchjou shahrida Navoiy viloyati hamda Chjenszyan provinsiyasi o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha biznes forum bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda Xitoyning yuzga yaqin nufuzli kompaniyalari va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi. Forumda Navoiy viloyatining investitsiyaviy va turizm salohiyati taqdimoti o‘tkazildi.

Shuningdek, biznes forum doirasida xitoylik investorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida umumiy qiymati salkam 300 million AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolandi.

Ushbu kelishuvlar asosida Navoiy viloyatiga sement, sendvich panel, bo‘yoq, lift ishlab chiqarish hamda marmar va granit toshlarini qayta ishlash, kaholang va biryuza toshlariga ishlov berish texnologiyalari keltiriladi.

Bugun viloyat hokimi boshchiligidagi navoiylik ishbilarmonlar Xitoyning Syamin shahrida hududning bir qator yetakchi kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют