» » O‘zbekistonda jarima, davlat boji va pensiyalar miqdorini belgilash bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda jarima, davlat boji va pensiyalar miqdorini belgilash bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi mumkin


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Mehnatga haq to‘lash, pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasi joylashtirildi. “Kun.uz”ning yozishicha, loyiha Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan.

Hujjat ish haqi miqdorini aniqlash tartibini takomillashtirish, mehnatga haq to‘lash, pensiyalar belgilash va jarima hamda yig‘imlar undirish o‘rtasida bog‘liqlik shartini yo‘qotish maqsadida qabul qilinadi. Hujjat loyihasiga muvofiq, 2019-yilning 1-iyulidan:

tashkil qiladi.

Farmon loyihasida ta’kidlanishicha, MHEKM mutlaq summada belgilanadi va “1,0” tarif koeffitsiyenti bilan Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi birinchi razryadi oylik tarif stavkasi sondagi qiymati sanaladi. Bundan tashqari, MHEKM lavozim maoshi, ustama, qo‘shimcha pul, gonorarlar, qo‘shimcha ish uchun kompensatsiya to‘lovlari, oziq-ovqat, yo‘l va rag‘batlantiruvchi boshqa turdagi to‘lovlar, ish haqini hisoblashda qo‘llaniladigan chegara miqdor, qonunchilik bilan belgilangan chegirib qolish hamda ish haqi miqdoriga bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlar aniqlash maqsadida mehnat munosabatlari sohasida qo‘llaniladi.

Shuningdek, MHEKM egalik shakli va mehnat munosabatlaridan qat’i nazar, belgilangan mehnat normalarini to‘liq bajargan ishchilar mehnatiga haq to‘lashning past chegarasi sifatida barcha ish beruvchilar uchun majburiy bo‘ladi.

BHS soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari, stipendiyalar va taqdim etiladigan davlat xizmatlari uchun boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlash, shuningdek, oilaning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovga muhtojligini aniqlashda qo‘llaniladi.

“Belgilansinki, BHS patent, litsenziya va ma’lum bir turdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa to‘lovlar, tashkilotlar ustav va boshqa fondlari (kapital) miqdori, pul mablag‘larisiz to‘lanuvchi aksiyalar qiymati, boshqa qimmatli qog‘ozlar, jamiyatlar aktivlari balans qiymati, mikrokreditlar hamda lizing chegara miqdori, shuningdek, boshqa moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bazasi sifatida qo‘llaniladi”, — deyiladi farmon loyihasida.

O‘z navbatida, HPK pensiya va ijtimoiy ta’minot sohasida qo‘llaniluvchi, pensiya, ustama, qo‘shimcha to‘lovlar va kompensatsiyalarni hisoblash, shuningdek, mehnatdagi mayiblik bo‘yicha munosabatlar uchun qo‘llaniladi.

Hozirgi vaqtda ushbu hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi bosqichida — u o‘zgarishi yoki rad qilinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют