» » Bundesliga. “Bavariya” g‘alaba qozondi, “Borussiya M” esa yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi

Bundesliga. “Bavariya” g‘alaba qozondi, “Borussiya M” esa yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi


23-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 23-turi doirasida navbatdagi 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Niko Kovach boshqaruvidagi Myunxenning “Bavariya” klubi “Alyans Arena” stadionida “Herta”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 62-daqiqasida Xavi Martinesning kiritgan goli myunxenliklarga g‘alaba keltirdi va jamoa muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Shu kuni musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan “Borussiya Myunxengladbax” jamoasi “Volfsburg” klubi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvda Yannik Gerxardt (38), Admir Mehmedi (68—83-daqiqalar) tomonidan kiritilgan gollar “Volfsburg” jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Diter Heking shogirdlari o‘z maydonida “Volfsburg” bilan kechgan o‘yinda darvozasidan 3 ta to‘p olib chiqdi va 3 ochkodan mahrum bo‘ldi.

Bundesliga

23-tur bahslari

23-fevral, shanba

Gol: 1:0 — 62 Martines

Gollar: 1:0 — 18 Onisivo, 2:0 — 73 Mateta, 3:0 — 84 Onisivo

Gollar: 1:0 — 9 Petersen, 2:0 — 30 Grifo, 3:0 — 43 Petersen, 3:1 — 52 Hedira, 4:1 — 64 Valdshmidt, 5:1 — 85 Niderlexner

Gollar: 0:1 — 38 Gerxardt, 0:2 — 68 Mehmedi, 0:3 — 83 Mehmedi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют