» » ?La Liga. Messi het-trikka erishgan o‘yinda “Barselona” “Sevilya”ni taslim qildi (video)

?La Liga. Messi het-trikka erishgan o‘yinda “Barselona” “Sevilya”ni taslim qildi (video)


23-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida 2 ta bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Turning markaziy o‘yinida Ernesto Valverde boshliq Kataloniyaning “Barselona” klubi safarda Pablo Machin qo‘l ostidagi “Sevilya” klubi maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Xesus Navas Vissam Ben-Yedder uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 4 daqiqa o‘tib Lionel Messi hisobni tenglashtirdi. 42-daqiqada esa Gabriel Merkado jamoasini oldinga olib chiqdi (2:1). Ikkinchi bo‘limning 67 hamda 85-daqiqalarida Messi yana 2 ta gol urdi. O‘yinga so‘nggi nuqtani Luis Suares qo‘ydi. Natijada “Barselona” safarda 4:2 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

La Liga

25-tur bahslari

23-fevral, shanba

Gollar: 1:0 — 28 Mata, 1:1 — 58 Tomas, 2:1 — 68 Molina

Gollar: 1:0 — 22 Navas, 1:1 — 26 Messi, 2:1 — 42 Merkado, 2:2 — 67 Messi, 2:3 — 85 Messi, 2:4 — 90 Suares.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют