» » Xiaomi kompaniyasi Intel protsessori o‘rnatilgan “aqlli” krossovkalarni taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi Intel protsessori o‘rnatilgan “aqlli” krossovkalarni taqdim etdi


Xiaomi o‘zining Mijia sho‘ba korxonasi bilan birgalikda professional sportchilar uchun mashg‘ulotlarni kuzatib borishga mo‘ljallangan 90 Minutes Ultra Smart “aqlli” krossovkasini taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Poyabzal Intel Curie modulida ishlaydi.

Intel Curie chipi datchiklar, akselerometr va giroskopdan ma’lumotlarni to‘plashga javob beradi. Krossovka professional sportda foydalanishga mo‘ljallangan, u bosib o‘tilgan masofa, tezlik va kaloriyani hisoblaydi. Dasturning o‘zi krossovkaning egasi qanday jismoniy yuklama bilan shug‘ullanayotganini aniqlaydi.

Krossovka bir marta olgan quvvat ikki oy foydalanish uchun yetadi. Mashg‘ulotlar haqidagi ma’lumotlar Bluetooth orqali smartfondagi Mi Fit dasturi bilan sinxronlashadi.

Krossovka dizaynini Shanghai Runmi Technology kompaniyasi ishlab chiqdi. Oyoq kiyim maxsus amortizatsiyalovchi materiallardan yasalib, antibakterial patak va toymaydigan tagcharm bilan ta’minlangan. Kunning qorong‘i vaqtida yonib turadigan chiroqchalari ham bor.

Xiaomi krossovkalari 15-aprelda sotuvga chiqadi. Xitoydagi narxi — 299 yuan (taxminan 43 dollar).

Опубликовано: admin (10-03-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют