» » Qumqo‘rg‘onda mahallalar orasidagi masofa uzoq ekanligi tufayli maktab filialini ochish taklif etildi

Qumqo‘rg‘onda mahallalar orasidagi masofa uzoq ekanligi tufayli maktab filialini ochish taklif etildi


Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi mahallalarda o‘rganish jarayonlari davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Deputatlar bilan uchrashuvlar davomida fuqarolar 51-umumiy o‘rta ta’lim maktabi “Yangi avlod” mahallasi hududida joylashganligi ikki mahalla o‘rtasidagi masofa 5—6 kilometrni tashkil etgani bois, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qiyinchilik tug‘dirayotganini aytib, “O‘zbekistonning besh yilligi” mahallasida mazkur maktabning boshlang‘ich sinflar uchun filialini qurish taklifini bildirdi.

Qonunchilik palatasi deputatlari Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi haqiqiy holatni o‘rganish yuzasidan ko‘pgina ijtimoiy obyektlarda bo‘lib, aholi bilan uchrashmoqda. Jumladan, “Bobotog‘” va “Bobolochin” QVPlarini birlashtirish borasidagi tashabbus har jihatdan o‘zini oqlashi e’tirof etildi.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют