» » AQSh harbiy samolyoti 2017-yildan buyon ilk bor Rossiya ustidan uchib o‘tdi

AQSh harbiy samolyoti 2017-yildan buyon ilk bor Rossiya ustidan uchib o‘tdi


Bort raqami 61-2670 bo‘lgan AQSh harbiy samolyoti Boeing OC-135B 22-fevral sanasiga o‘tar kechasi Rossiyaning ustidan uchib o‘tdi. Parvoz ochiq osmon shartnomasiga ko‘ra amalga oshirilgan. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

08:00 мск.
Наблюдательный самолет ВВС США???????? Boeing OC-135B #Open #Skies, бортовой номер 61-2670, позывной #OSY12F, в зоне действия приёмника г. Чита, UIAA. pic.twitter.com/wyGJY02mh9

— PlaneRadar (@ua4wiy_) February 22, 2019

Bu 2017-yil noyabrdan beri Rossiya hududida Amerika harbiylarining birinchi parvozi bo‘lgan.

Pentagon matbuot kotibi podpolkovnik Jeymi Devisning so‘zlariga ko‘ra, uzoq davom etgan tanaffusga AQSh-Rossiya munosabatlaridagi keskinlik sabab bo‘lgan. U, shuningdek, razvedkachi samolyot bortida olti nafar kuzatuvchi bo‘lganini va parvoz haqida Rossiya xabardor ekanini ham ta’kidlagan.

Ochiq osmon shartnomasiga ko‘ra, 18—23-fevral kunlari AQSh samolyoti Rossiya hududi ustidan kuzatuv parvozini amalga oshirishi rejalashtirilgan edi. Parvoz yo‘nalishi oldindan kelishilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi ОС-135B kuzatuv samolyoti hech qanday qurol ishlatish uchun mo‘ljallanmaganini, maxsus tekshiruvdan o‘tganini va shartnomada belgilanmagan texnikalar yo‘qligini aytgan.

Ochiq osmon shartnomasi 1992-yil imzolangan va Rossiya, AQSh, va YeXHTga kiruvchi jami 34 ta davlat unga a’zo. Shartnoma a’zo davlatlarga harbiy kuchlar va mudofaa faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida bir-birining hududlari ustidan uchib o‘tishga imkon beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют