» » “Barselona” — “PSJ” uchrashuvini boshqargan germaniyalik hakam bu yil Chempionlar ligasiga qayta taklif qilinmasligi mumkin

“Barselona” — “PSJ” uchrashuvini boshqargan germaniyalik hakam bu yil Chempionlar ligasiga qayta taklif qilinmasligi mumkin


Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak finalidan joy olgan “Barselona” —“PSJ” uchrashuvini germaniyalik Deniz Aytekin boshqarib borgandi. “Sports.ru”ning Marca nashriga asoslanib xabar berishicha, kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan referi Chempionlar ligasining joriy mavsumdagi o‘yinlariga qayta taklif qilinmaydi.

Aytekin “PSJ” zarariga ishlagan bir qator xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Jumladan, u Di Mariyaga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun “Barselona” darvozasiga penalti tayin qilmagani, aksincha, qo‘pollikdek ko‘rinmagan vaziyatlarda parijliklar darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbalari belgilagani shubha ostiga olingan.

UEFA hakamlar qo‘mitasini italiyalik mashhur Pyerluiji Kollina boshqarib boradi. Uning qo‘l ostidagi komissiya vaziyatni atroflicha o‘rganib chiqib, Deniz Aytekinni Chempionlar ligasining shu mavsumi hisobidan o‘yinlarga qayta taylif qilmasligi katta ehtimol.

Ma’lumot uchun, “Barselona” o‘z maydonida Parij klubi ustidan 6:1 hisobida zafar quchib, chorak final chiptasini fantastik tarzda qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdan keyin “PSJ” darvozasiga belgilangan ikki penalti keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют