» » Bloomberg: Kim Chen In “binoyidek dunyo yetakchisi”ga aylanmoqda

Bloomberg: Kim Chen In “binoyidek dunyo yetakchisi”ga aylanmoqda


KXDR yetakchisi Kim Chen Inning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvga poyezddagi “qahramonona” safari uning “binoyidek dunyo yetakchisi”ga aylanayotganidan guvohlik beradi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, uning Vyetnamga safari buning eng ahamiyatli tasdiqlaridan biri bo‘ladi.

Qayd etilishicha, qachonlardir “uzlatda” bo‘lgan KXDR yetakchisi Osiyoda eng talabgir mehmonlardan biriga aylanib ulgurgan. Xanoyga ketish yo‘lidagi har bitta bekatda uni u bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga intiluvchi hukumat vakillari qarshi oladi.

Nashr ta’kidlashicha, Kim Chen Inning muvaffaqiyati shundan guvohlik beradiki, u 2011-yildagi otasining vafotidan keyin KXDRda hokimiyat uchun kurashda g‘olib chiqqan va barcha raqiblarini yenggan.

Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun maxsus poyezdda Vyetnam poytaxti Xanoyga jo‘nab ketgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют