» » Vladimir Putin: Islom Karimov menga “sen” deb murojaat qilar edi

Vladimir Putin: Islom Karimov menga “sen” deb murojaat qilar edi


Islom Karimov fondi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti, Vladimir Putinning O‘zbekiston Birinchi Prezidenti haqidagi xotiralarini e’lon qildi.

Islom Abdug‘aniyevich buyuk davlat arbobi, o‘z mamlakatining haqiqiy yetakchisi edi. Zamonaviy o‘zbek davlatchiligi tarixining muhim bosqichlari aynan uning nomi bilan bog‘liqdir. Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda mintaqada ko‘ptomonlama hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tinchlikparvar siyosat olib bordi.

Islom Karimov O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishiga ulkan hissa qo‘shdi. Uning xizmatlari ko‘lamini faqat vaqt o‘tgachgina to‘liq anglash mumkin, deb o‘ylayman. O‘zbekistonning yangi tarixida ro‘y bergan voqealarni turlicha baholash mumkin. Eng asosiysi, davlat rahbari mamlakatda barqarorlik va izchil taraqqiyotni saqlab qoldi. Ko‘p yillik qadrdonligimiz va hamkorlikdagi faoliyatimiz mobaynida, ayniqsa, so‘nggi yillarda Islom Abdug‘aniyevich bilan o‘rtamizda iliq munosabat shakllandi. U menga xayrixoh munosabatda edi. Yoshi mendan kattaroq bo‘lgani bois Islom Abdug‘aniyevich kaminaga ismimni aytib, “sen” deb murojaat qilar edi. Bundan esa insoniy bir samimiyat va yaqinlikni his etar edim.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют