» » Malayziyada O‘zbekistonning ziyorat turizmi elchisi ish boshladi

Malayziyada O‘zbekistonning ziyorat turizmi elchisi ish boshladi


Prezident tashabbusi bilan chet mamlakatlarda O‘zbekistonning ziyorat turizmi elchisi lavozimi joriy etilgan edi. Bu lavozimga chet ellik mashhur siyosiy, madaniy, sport va ishbilarmon doiralari vakillari tayinlanadi. Ana shunday mezonlar asosida hozirgacha turli mamlakatlarda bir qancha turizm elchisi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Buxoro shahrida o‘tkazilgan I Xalqaro ziyorat turizmi forumida ularning soni yana bittaga ko‘paydi. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbari vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Oqqulov Malayziyaning Perlis shtati muftiysi Moxd Asri Bin Zaynul Abidinni O‘zbekistonning Malayziyadagi ziyorat turizmi elchisi diplomi bilan taqdirladi.

– Men avval ham diniy ulamolardan iborat delegatsiya bilan kelib, yurtingizning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilgan edim, – deydi Moxd Asri Bin Zaynul Abidin. – Hattoki, Toshkent shahrida joylashgan Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurtida bo‘lib, diniy ta’lim tizimi, dars jarayonlari, talabalarning yashash sharoitlari, o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar bilan yaqindan tanishgan edim. Samarqandga borib, Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilish davomida Imom Buxoriy hayoti va faoliyati bilan tanishdim. Registon maydoni, Shohi Zinda, Go‘ri Amir, Hazrati Xizr majmualari haqida bilib olgan edim. Buxoroda ham bo‘lib, eshitgan va ko‘rganlarim haqida o‘z yurtimda bir qator chiqishlar qildim.

Ziyorat turizmiga ham bir guruh yurtdoshlarimni olib keldim. Albatta, islom madaniyatida juda muhim o‘rin tutuvchi O‘zbekiston haqida o‘z mamlakatimda targ‘ibot ishlarini olib borayotganimdan xursandman. Ikki davlat va xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirish imkonidan baxtiyorman. Nafaqat Malayziyada, balki arab va ingliz tillarini mukammal bilganim uchun mazkur tilda so‘zlashuvchi aholi va davlatlarda ham yurtingizning turizm borasidagi imkoniyatlari haqida targ‘ibot ishlarini olib bormoqchiman.

O‘zbekistonning Malayziyadagi ziyorat turizmi elchisi malayziyalik sayyohlarning ziyorat turizmi yo‘nalishida O‘zbekistonga muntazam tashrifini tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют