» » Shayx as-Saboh Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasini muhokama qilish uchun Toshkentga keldi, uni G‘ofur Rahimov va Umid Ahmadjonov kutib oldi

Shayx as-Saboh Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasini muhokama qilish uchun Toshkentga keldi, uni G‘ofur Rahimov va Umid Ahmadjonov kutib oldi


Bugun, 24 fevral kuni Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad as-Saboh Toshkent keldi. Bu haqda MOQ xabar beradi.

Shayx as-Saboh Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida AIBA prezidenti G‘ofur Rahimov, MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan kutib olindi. As-Saboh bilan birga delegatsiya tarkibida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti, Osiyo o‘yinlari—2018 direktori Haydar Farmon, OCA kotibi Lyusen Alvarez ham O‘zbekistonga keldi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga qilingan murojaatnomada mamlakatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgandi. Davlat rahbari o‘shanda O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini o‘tkaza olishga qodir mamlakat ekanligini ham alohida qayd etib o‘tgandi.

Shu munosabat bilan Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati tomonidan 2030-yilgi Osiyo o‘yinlarini Toshkent va Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha ariza Osiyo Olimpiya Kengashiga taqdim etilgan. 2030-yilgi Osiyo o‘yinlarini qabul qilish uchun O‘zbekistondan tashqari Qatar, Hindiston va Filippin kabi mamlakatlar da’vogarlik qilmoqda.

O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish imkoniyatlarini keng muhokama qilish maqsadida As-Saboh boshchiligidagi delegatsiya ikki kun davomida O‘zbekistonda bo‘ladi.

Uchrashuv davomida musobaqa uchun sport inshootlarini qurish, Olimpiya shaharchasi, logistika, qulay transport marshruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni tashkil qila olish, translyatsiya va boshqa masalalarga alohida to‘xtalib o‘tiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют