» » “Amfibiya vabosi” tufayli baqalar yoppasiga qirilib ketishi mumkin

“Amfibiya vabosi” tufayli baqalar yoppasiga qirilib ketishi mumkin


Xavfli Bd zamburug‘i dunyo bo‘yicha tarqalishda davom etsa, baqa va qurbaqalar yer yuzidan butunlay yo‘qolib ketishi mumkin. Bu haqda The Independent xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Olimlar zamburug‘ning yangi turi — Bd’ni aniqlagandan buyon tashvishlanmoqda. U norasman “amfibiya vabosi” deb atalmoqda. Zamburug‘ni yuqtirib olgan barcha baqa va qurbaqalar halok bo‘layotganligi ta’kidlanmoqda.

O‘tkazilgan tadqiqotlar ham suvda, ham quruqlikda yashovchilarning xastaligi manbalari Sharqiy Osiyodan boshlanishini ko‘rsatdi. Olimlarning ma’lum qilishicha, 1970-yillardan buyon Bd zamburug‘ini yuqtirib olgan baqalarning 200 dan ortiq turi yo‘qolib ketgan.

Olimlar baqalarni dunyo bo‘yicha tashish davom etsa, ular yaqin vaqt ichida qirilib ketishini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют