» » APLda navbatdagi iste’fo ro‘y berdi

APLda navbatdagi iste’fo ro‘y berdi


“Lester” bosh murabbiyi Klod Pyuel o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

57 yoshli mutaxassis bilan birga uning yordamchisi Jeki Bonnevey ham ishdan ketdi.

“Lester” rahbariyatining ta’kidlashicha, klub yangi bosh murabbiy izlamoqda.

Ayni damda murabbiylar Mayk Stouell va Adam Sedler jamoani kelgusi oyinlarga tayyorlab boradi.

Pyuel “Lester”ni 2017-yilning oktabr oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. So‘nggi o‘yinda “tulkilar” uning qo‘l ostida “Kristal Pelas”ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va barcha musobaqalarni hisoblaganda jamoaning g‘alabasiz seriyasi 7 ta uchrashuvga yetdi.

APL 27-turidan so‘ng klub 32 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 12-o‘rinni band qilib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют