» » A Seriya. “Napoli” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Inter” esa 6 ta gol urilgan o‘yinda yuta olmadi (video)

A Seriya. “Napoli” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Inter” esa 6 ta gol urilgan o‘yinda yuta olmadi (video)


24-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 25-turi doirasida navbatdagi 2 ta uchrashuv yakunlandi.

Kunning dastlabki o‘yinida musobaqa jadvalida 2-pog‘onada borayotgan “Napoli” klubi mehmonda “Parma” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvda Pyotr Zelinski (19), Adam Ounasning (82) kiritgan gollari hamda Arkadiush Milikning dubli “Napoli”ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi (4:0).

Shu kuni Luchano Spaletti boshliq Milanning “Inter” klubi safarda “Fiorentina” bilan bahsga kirishdi.

To‘qnashuvning dastlabki daqiqasidayoq “Inter” himoyachisi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (0:1). Oradan 5 daqiqa o‘tib Matias Vesino jamoadoshining xatosini to‘g‘irladi va hisobni tenglashtirdi (1:1). 1-bo‘limning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganda Matteo Politano Danilo D’Ambrozioning uzatmasini golga aylantirdi (2:1).

2-bo‘limning 52-daqiqasida Ivan Perishich jamoasining 3-goliga mualliflik qildi. O‘yinning 74 va 90-daqiqalarida Luis Muriel hamda Yordan Vereto gol urib hisobni tenglashtirdi (3:3).

Shu tariqa milanliklar mehmonda “Fiorentina” klubi bilan 3:3 hisobidagi durangga imzo chekdi.

A Seriya

25-tur bahslari

24-fevral, yakshanba

Gollar: 0:1 — 19 Zelinski, 0:2 — 36 Milik, 0:3 — 73 Milik, 0:4 — 82 Ounas

Gollar: 1:0 — 1 de Vrey, 1:1 — 6 Vesino, 1:2 — 40 Poliatno, 1:3 — 52 Perishich, 2:3 — 74 Muriel, 3:3 — 90 Vereto.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют