» » “Sevimli TV” muharriri: “Shum bola”dagi eriga xiyonat qilgan ayol yoki “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi qaynonasiga qarshi chiqqan Nigora nega tanqid qilinmaydi?

“Sevimli TV” muharriri: “Shum bola”dagi eriga xiyonat qilgan ayol yoki “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi qaynonasiga qarshi chiqqan Nigora nega tanqid qilinmaydi?


O‘zbekistondagi telekanallarda efirga uzatilayotgan va ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘layotgan turk seriallari haqida “Sevimli TV” mutasaddisi fikr bildirdi.

Lola Shoimova, “Sevimli TV” telekanali kino tahririyati mudiri:

— “Sevimli TV” va boshqa telekanallarda turk seriallari ko‘payib ketgani bor gap. Lekin bu ma’naviyatimizga zid seriallar ko‘payib ketdi, degani emas-ku! Turk kino ijodkorlari voqealarni biroz bo‘rttirib yuborishi rost, ammo real hayotni ko‘rsatishadi. Biz seriallarni tanlashda qaysi davlatda ishlaganiga emas, rejissurasiga, aktyorlar mahoratiga, ssenariyning puxta ishlanganiga va eng asosiysi, voqeaning qanchalik muhimligiga e’tibor qaratamiz. Telekanalimizda nafaqat Turkiya, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va boshqa davlatlarning filmlari ham efirga uzatiladi.

Telekanalimizda efirga uzatilayotgan “So‘yla Qoradengiz” filmi va boshqa turk seriallari sabab kelinlar qaynonasini hurmat qilmayapti, ajrashishlar ko‘paydi, deydiganlar ham uchrab turibdi. Nega hamma narsaning salbiy tomonini ko‘ramiz?

“Shum bola” filmidagi ikki voqeani eslang. Unda eriga xiyonat qilib, uyiga boshqa erkakni kiritgan ayol haqidagi sahna bor. Ikkinchisi, o‘g‘rilarning boshlig‘i shum bolani o‘g‘irlikka da’vat qiladi. Nega bu asarni, asar asosida ishlangan kinoni hech kim qoralamaydi? Nega “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi qaynonasiga qarshi chiqqan Nigorani hech kim tanqid qilmaydi? Axir, kinolarda o‘sha salbiy qahramonlar safida bo‘lmaslik targ‘ib qilinyapti. Insonga yaxshini yomondan farqlash uchun aql berilgan. Eng muhimi, tomoshabin qo‘lida pult bor.

Ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarda aniqlik yo‘q. Xo‘sh, qaysi kinoning operatori, rejissurasi, ssenariysi, rassomlik ishi, aktyorlar mahoratiga e’tiroz bor? Hamma umumiy gapiryapti. Axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi bir necha seriallarni efirga bermasdan qaytarganmiz. Ana o‘shalar yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin edi. Bizda mukammal ishlagan milliy seriallar yo‘q-da. Telekanal buyurtmasi asosida milliy serial ishlanyapti. Tayyor bo‘lgach, xorijiy seriallar o‘rniga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “ZO‘R TV” telekanali muharriri tomoshabinlar turk seriallarini talab qilayotganini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют