» » “Poytaxt Abdulhamid” serialini to‘xtatish uchun Turkiyaga Isroil va Yevropadan bosim o‘tkazildi

“Poytaxt Abdulhamid” serialini to‘xtatish uchun Turkiyaga Isroil va Yevropadan bosim o‘tkazildi


Turkiya ijodkorlari tomonidan namoyish etilayotgan “Poytaxt Abdulhamid” seriali ssenariy muallifi serial ishini to‘xtatish uchun Isroil va Yevropa davlatlaridan bosimlar bo‘lganini ma’lum qilgan. Bu haqda “Azon.uz” xabar berdi.

23-fevral kuni Istanbulda “Arab jurnalistlar uyi” jamiyati tomonidan serialning arab tomoshabinlarga ta’siri haqidagi san’at forumi tashkil etilgan. Tadbirda serial ijodkorlaridan tashqari o‘nlab jurnalistlar va yozuvchilar ishtirok etgan.

Forumda “Poytaxt Abdulhamid” seriali efirini to‘xtatish uchun bosimga duch kelgani ham aytib o‘tilgan. Chunki serial Turkiya va arab mintaqasi orasidagi aloqalarni mustahkamlaydi va bu ba’zilarga yoqmasligi tayin.

Shu nuqtayi nazardan serial ssenariy muallifi Salmon Kayabashning ma’lum qilishicha, Yevropa parlamenti a’zolaridan biri serialni “fashistik” deb sifatlagan va uning namoyishini to‘xtatish kerakligini aytgan.

U so‘zi davomida Turkiyada eng ko‘p sotiladigan gazetalardan biri serialga qarshi maqola yozganini, shuningdek, Isroilning “Heartz” gazetasi ham shu kabi hamlani amalga oshirganini va bir qancha xalqaro gazetalar ham bunga ergashganini qayd qilgan.

“Bizga qarshi o‘tkazilgan ushbu kampaniyadan keyin biz serialni yana-da professional tarzda ko‘rsatishga qaror qildik”, — deydi Kayabash.

“Biz ‘Poytaxt Abdulhamid’ serialida haqiqiy tarixni ko‘rsatishga harakat qilyapmiz”, - deydi Kayabash.

Serialda Mahmud poshsho rolini ijro etayotgan Hokan Boyav serialni to‘xtatish uchun bo‘layotgan bosimning sababini tushuntirib: “Mintaqamiz aholisi orasida umumiy mentalitet mavjud. Dushmanlarimiz bizni parchalab tashlashga harakat qilmoqda”, — dedi.

Boyav oradagi kichkina ixtiloflarni tark etish zarurligini aytib: “Biz birgalikda harakat qilishimiz zarur. Chunki tariximiz bitta. Barchamiz bir yo‘lda yurgan yaxshi kishilarmiz”, — dedi.

Eslatib o‘tamiz, Zo‘r TV telekanali orqali namoyish etilayotgan “Poytaxt Abdulhamid” seriali namoyishi o‘tgan haftada texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют