» » Toshkent shahar IIBB og‘ir kasallangan yigitning Rossiyadan qaytishiga yordam berdi

Toshkent shahar IIBB og‘ir kasallangan yigitning Rossiyadan qaytishiga yordam berdi


Toshkent shahar IIBB xabar berishicha, Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida yashovchi o‘zbekistonlik fuqaro murojaat qilib, Rossiya kasalxonalaridan birida toshkentlik 30 yoshli Ruslan og‘ir kasallangan holda yotganligini ma’lum qilgan.

Ruslanning hujjatlaridan faqat tug‘ilganlik haqida guvohnomasi bo‘lgan. Shifokorlar uning yaqinlarini topishga yordam berishni so‘ragan.

Toshkent shahar IIBBning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi xodimlari Ruslanning onasi — Gulyara Ibragimovnani topishga yordam bergan. Uning aytishicha, o‘g‘li kasalligi haqida aytgan, shundan so‘ng ikki haftadan ortiq vaqt davomida undan xabar bo‘lmagan.

Ruslan vataniga qaytishi uchun qaytish sertifikatini olishi lozim bo‘lgan. Shifokorlar uning ahvoli og‘irligi tufayli mustaqil ravishda harakatlana olmasligi haqida ogohlantirgan.

Toshkent shahar IIBBning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik bo‘limiga murojaat qilib, Moskvadagi O‘zbekistonning Bosh konsulligi orqali Ruslan uchun bir sutkada vataniga qaytish uchun sertifikat rasmiylashtirib berishga yordam bergan.

Hozirda Ruslan Toshkentda o‘z onasi bilan bo‘lib, poytaxt IIBB xodimlari unga yangi biometrik pasport va kerakli dori-darmonlar olishda yordam ko‘rsatdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют