» » Britaniya hukumati Brexit’ni ikki oyga uzaytirishni rejalashtirdi

Britaniya hukumati Brexit’ni ikki oyga uzaytirishni rejalashtirdi


Buyuk Britaniya hukumati mamlakatni Yevropa Ittifoqidan chiqishi muddatini ikki oyga uzaytirishni kechiktirish imkoniyatini o‘rganmoqda, deya xabar beradi “Kommersant”.

Buyuk Britaniya Parlamenti Yevropa Ittifoqidan chiqish shartlari to‘g‘risidagi bitim loyihasini 13-martgacha ratifikatsiya qilmasa Bosh vazir Tereza Mey Yevropa Ittifoqiga Brexit’ni kechiktirishni so‘rab murojaat qilishi mumkin.

Shu bilan birga Yevropa Ittifoqi Brexit’ni 2021-yilgacha qoldirishni istamoqda.

Bu Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqiga kelajakdagi munosabatlarini rejalashtirish imkonini beradi.

Britaniya Parlamenti hukumatning Yevropa Ittifoqini tark etish rejasini qo‘llab-quvvatlamaydi, shu bilan birga Yevropa Ittifoqi Brexit shartlari bo‘yicha erishilgan kelishuvga o‘zgartirish kiritishni rad etadi.

Britaniya parlamenti vakillari kelishuvning keyingi talqiniga 12-martga qadar qayta ovoz berishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют