» » Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari: O‘zbekistonda 5—6 million kishi oyligini “konvertda” oladi

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari: O‘zbekistonda 5—6 million kishi oyligini “konvertda” oladi


Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev “Daryo”ga bergan intervyusida “konvert” usulida oylik oladigan fuqarolarning qonuniy huquqlarini tiklash uchun qilinayotgan ishlar haqida gapirdi.

“Mamlakatda 13,5 million ishga layoqatli aholi bor. Biroq soliq to‘lovchilar soni 4,5 million. Savol tug‘iladi: qolganlar qayerda? Agar shundan ikki-uch millioni mehnat migrantlari deb faraz qilsak, shunda ham qolgan besh-olti million ishga layoqatli aholi ish haqini ‘konvertda’ oladi, yoki xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi va soliq to‘lamaydi.

Biz uchun eng muhimi: ‘soya’da ishlayotganlarni asta-sekin ochiq ishlashga chiqarib, qonunlashtirish. Bu bir kunda bo‘lmaydi. Bu anchagina vaqt talab qiladi, hatto ularning bir qismini ochiqchasiga ishlashga olib chiqsak va ular ham soliq to‘laydigan bo‘lishsa, umumiy soliq yuki pasayadi”, — deydi Mubin Mirzayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 46) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют