» » 18 yoshli Jeydon Sancho Bundesligada sermahsullik ko‘rsatmoqda

18 yoshli Jeydon Sancho Bundesligada sermahsullik ko‘rsatmoqda


Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Jeydon Sancho futbol bo‘yicha Bundesliganing 23-turida “Bayer”ga qarshi kechgan o‘yinda bitta gol urib, bitta golli pas berdi (3:2).

18 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsum Germaniya chempionatida 8 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi va 10 ta golga assistentlik qildi.

Sancho 2017-yilning yozidan buyon “Borussiya” safida to‘p suradi. U Bundesligada umumiy hisobda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib (23 tasida boshlang‘ich tarkibda), 8 ta gol urdi va 14 ta golli pas berdi.

Angliya terma jamoasi vingeri joriy mavsumda Yevropaning Top-5 chempionatida 10 ta golli uzatma bergan 4-futbolchi bo‘ldi.

Avvalroq ushbu natijaga Eden Azar (“Chelsi”) va Joshua Kimmix (“Bavariya”) erishgandi, Lionel Messi (“Barselona”) esa 11 ta golli uzatma bergan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют