» » Humo Arena ochilishi 15-mart kuniga belgilandi

Humo Arena ochilishi 15-mart kuniga belgilandi


Toshkentdagi “Humo” muz sporti arenasi 15-mart kuni ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston Xokkey federatsiyasiga tayanib xabar berdi.

“Humo Arena ochilishi 15-mart kuniga belgilangan. Yirik sport majmuasi ochilish marosimiga MDH davlatlaridan oliy martabali mehmonlar kelishi kutilmoqda”, — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Humo Arena qurilishi 2017-yilda boshlangan edi. Sport majmuasida xokkey, short-trek, figurali uchish va kyorling kabi qishki sportlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, shuningdek, konsert, ko‘rgazma va forumlar tashkil qilinishi mumkin.

Humo Arena 7 qavatdan iborat bo‘lib, uning umumiy maydoni 82 ming metr kvadrat. Majmua 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Shuningdek u yerda 1600 o‘rinli avtoturargoh bor.

Bino qurilishida 4 mingdan ortiq ishchilar ishlagan, Germaniya, Rossiya, Avstriya, Ispaniya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlardan 10 dan ortiq hamkor kompaniyalar jalb qilingan.

Humo Arena umumiy qiymati — 1,5 trillion so‘m bo‘lib, undan 185 million AQSh dollari xorijiy investitsiyalardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 17:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют