» » Argentina futboli afsonasi Maradona Xitoy Superligasi elchisiga aylandi

Argentina futboli afsonasi Maradona Xitoy Superligasi elchisiga aylandi


Argentina futboli afsonasi Diyego Maradona faoliyatini Xitoy Superligasida davom ettiradi. 56 yoshli sobiq futbolchi va murabbiy mahalliy chempionat elchisi bo‘lib ishlash borasida kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda “Sport-Ekspress”.

Maradona Xitoy futbolini ommalashtirish bilan shug‘ullanadi. Avvalroq u xitoylik mutaxassislar uchun bir qator ma’ruzalar olib borgan. Xitoyliklar Maradona yordamida mahalliy futbol nufuzi va murabbiylarning ish sifatini oshirishga umid qilmoqda.

Mavzuga doir: Xitoyda “Barselona” modeli asosida 8,5 mln dollarlik futbol akademiyasi ochiladi

Qayd etish joiz, shu yilning yanvar oyida argentinalik sobiq jamoasi – Italiyaning “Napoli” klubi elchisiga aylanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Diyego Maradona 1976–1997-yillar davomida professional futbolchilik bilan shug‘ullangan. Karyerasi mobaynida u “Boka Xuniors” (1976–81 va 1995–97-yillar), “Barselona” (1982–1984), “Napoli” (1984–1991), “Sevilya” (1992–1993) va “Nyuells Old Boyz” (1993–1994) klublarida to‘p surgan.

Maradona Argentina termasi safida 1986-yilgi jahon chempionati g‘olibi, 1990-yilgi jahon chempionatining kumush medal sovrindori bo‘lgan. Mamlakat termasi safida 91 o‘yinda maydonga tushgan hujumchi 34 ta golga mualliflik qilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют