» » Surunkali yallig‘lanish odamning fikrlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi

Surunkali yallig‘lanish odamning fikrlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi


Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, surunkali yallig‘llanishi bor insonlarda o‘rta yoshda fikrlash bilan, qariganda esa xotira bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi.

Yallig‘lanish o‘tkir va surunkali turlarga bo‘linadi. O‘tkir yallig‘lanish organizm infeksiya yoki travmalar bilan kurashish uchun immun javob qaytarganda paydo bo‘ladi. O‘tkir yallig‘lanish mahalliy bo‘lib, immun tizimining sog‘lom ekanini bildiradi. Surunkali yallig‘lanish holatida esa uni sog‘lom deb bo‘lmaydi. Bu oylar yoki yillarga cho‘zilgan kuchsiz ifodalangan yallig‘lanish hisoblanadi. Revmatoid artrit, tizimli qizil bo‘richa, tarqoq skleroz singari autoimmun kasalliklar va jismoniy stress uning sababi bo‘lishi mumkin. Surunkali yallig‘lanishning keng tarqalgan simptomlariga bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, hazm qilish bilan bog‘liq muammolar va charchoq kiradi. Surunkali yallig‘lanishni kuchsizlatirishning yo‘llariga muntazam jismoniy mashqlar, yurak uchun yallig‘lanishga qarshi parhez va to‘yib uxlash tavsiya qilinadi.

“Surunkali yallig‘lanish butun tanaga, ayniqsa bo‘g‘imlar, ichki a’zolar, to‘qima va hujayralarga zarar keltiradi, — deydi tadqiqot muallifi  Kinan Uoker. — Bundan tashqari, u yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, insult va o‘sma kasalliklariga olib kelishi mumkin. Bunga o‘xshash tekshiruvlarda surunkali yallig‘lanish va uning keksa yoshlilarning miyasiga ta’siri o‘rganilgan bo‘lsa, biz surunkali yallig‘lanishni o‘rta yoshlilarda kengroq o‘rganishga qaror qildik va u bir necha o‘n yillardan so‘ng ham qarilarda miyaning kognitiv funksiyalariga ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatib berdik”.

Bu muammoni o‘rganish turli hamjamiyatlardagi (Atherosclerosis Risk in Communities, ARIC) ateroskleroz xavfini o‘rganish tadqiqoting bir qismi hisoblanadi. Olimlar o‘rtacha yoshi 57 da bo‘lgan 12336 insonni 20 yil davomida kuzatdi. Tadqiqotchilar tekshiruvlar avvalida qatnashchilardan qon namunasini olib, to‘rtta yallig‘lanish biomarkerlari: fibrinogen, qondagi leykotsitlar miqdori, fon Villebrand faktori va qon ivish faktorlarining miqdorini o‘lchadi. Bu to‘rt biomarker shkalalarining ma’lumotlar majmuasi yaratildi. 3 yildan so‘ng esa tekshiruvchilar C-reaktiv oqsil va yana bir qon yallig‘lanish biomarkerini o‘lchadi. Yallig‘lanish biomarkerlarining ma’lumotlar to‘plami va C-reaktiv oqsil miqdoriga ko‘ra qatnashchilar to‘rt guruhga bo‘lindi.

Xotira va fikrlash qobiliyatlari tadqiqot boshida tekshirildi, keyin esa oltinchi va to‘qqizinchi yillar orasida, tadqiqot oxirida tekshirildi. Yallig‘lanish biomarkerlaring darajasi kam bo‘lgan qatnashchilardan ko‘ra xotira va fikrlash qobilyati 8 foizga yomonlashgan insonlarda ularning miqdori keskin balandligi aniqlandi. C-reaktiv oqsil miqdori eng baland bo‘lganlarda esa bu qobiliyatlarning tushib ketish darajasi 12 foizga teng bo‘lgan. Natijalarda fikrlash va xotiraga ta’sir qiladigan boshqa faktorlar — ta’lim darajasi, yurak yetishmovchiligi, yuqori qon bosimi ham hisobga olingan.

“Shunday qilib, surunkali yallig‘lanish bilan bog‘liq bo‘lgan xotira va fikrlash qobiliyatlaring susayishi avval aytib o‘tilgan o‘rta yoshdagi qon bosimidan ko‘ra xavfliroq bo‘lib chiqdi. Yuqoridagi kognitiv funksiyalarning buzilish jarayonlari o‘rta yoshda yuz beradi va aynan o‘rta yoshda ularni to‘xtatish mumkin. Natijalarga ko‘ra surunkali yallig‘lanish kognitiv o‘zgarishlarga olib keladigan miyaning neyrodegenerativ kasalliklaring sababi emas — biomarkeri, hattoki ularga nisbatan reaksiya ham bo‘lishi mumkin”, — deydi Kinan Uoker.

Ayrim kuchli surunkali yallig‘lanish bilan og‘rigan bemorlar tadqiqot boshida uni tark etgani yoki tadqiqot yakunigacha vafot etgani tufayli tadqiqot natijalari cheklanib qolgan. Shuning uchun qatnashchilarning yashovchalik darajasini barcha aholiga nisbatan qo‘llab bo‘lmasligi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют