» » Klublari 14 taga yetgan O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumiga qur’a tashlandi

Klublari 14 taga yetgan O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumiga qur’a tashlandi


Bugun, 25-fevral kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 2019-yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida O‘zPFL direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jayev Superliganing yangi mavsumi formatini ma’lum qildi. Uning aytishiga ko‘ra, bir jamoa bir mavsumda minimum 28 o‘yinda qatnashadi. Superliga formati 2 davralik tizimda o‘tkaziladi. Imomxo‘jayev shuningdek, O‘zbekiston Liga Kubogini ham tashkil etish rejada borligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Superligasining 1-turi bahslaridagi qarama-qarshiliklar ma’lum bo‘ldi.

Mazkur turning markaziy o‘yinida “Lokomotiv” klubi safarda “Paxtakor” mehmoni bo‘ladi. Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi OKMK klubi o‘z maydonida “Buxoro” jamoasini qabul qiladi.

Qashqadaryoning “Nasaf” klubi Samarqandning “Dinamo” jamoasi bilan bahsga kirishsa, Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Jizzaxga safar qiladi. U yerda toshkentliklar “So‘g‘diyona” klubini sinovdan o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Superliganing to‘liq taqvimi tez orada rasmiy tarzda e’lon qilinadi.

Oldinroq O‘zPFL yangi mavsum elitada 14 jamoa qatnashishini ma’lum qilgandi. O‘FA qaroriga ko‘ra, “Surxon” va “Dinamo” jamoalari ham Superligada o‘ynaydi.

Superliga—2019

1-tur bahslari

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют