» » Surxondaryoda afg‘onistonliklarning 710 mln so‘mlik shakarini qimmatga sotib berishni va’da qilib aldab ketgan fuqaro qo‘lga olindi

Surxondaryoda afg‘onistonliklarning 710 mln so‘mlik shakarini qimmatga sotib berishni va’da qilib aldab ketgan fuqaro qo‘lga olindi


Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Sharq mahallasida yashovchi Shodiboy Bolliyev (ism-shariflar o‘zgartirildi) Afg‘oniston Islom Respublikasidan kelib, Termiz shahrida vaqtincha istiqomat qilayotgan uch kishining ishonchiga kiradi va ularni chuv tushiradi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu haqda ichki ishlar idorasiga xabar qilgan afg‘onistonlik fuqarolarning murojaatiga ko‘ra, o‘ttiz yoshga kirgan bu shaxs qo‘shni davlat fuqarolarining yirik miqdordagi shakar mahsulotini qimmat narxda sotib berishni va’da qiladi. O‘tgan yili iyun-oktabr oylarida naqd 710 million so‘mlik shakarni qo‘lga kiritgan Shodiboy mahsulotni sotib, pulini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi. Ishonib topshirgan mahsulotining pulini kutaverib, toqati-toq bo‘lgan mehmonlar uning “shakar operatsiyasi” bilan bog‘liq bu “sirini” fosh etdi.

Ushbu holat bo‘yicha Shodiboy Bolliyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 4-qismi, “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют