» » Qashqadaryoda yuk mashinasida olib ketilayotgan shakar selitra bo‘lib chiqdi

Qashqadaryoda yuk mashinasida olib ketilayotgan shakar selitra bo‘lib chiqdi


Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mineral o‘g‘itlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Qarshi—G‘uzor” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro J.N. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan og‘irligi 10,2 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘iti noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida “Chiroqchi—Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro G‘.O. boshqaruvidagi yuk avtomashinasida 7,5 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘iti noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi fosh etildi.

Shuningdek, fuqaro E.A boshqaruvidagi Isuzu yuk avtomashinasini belgilangan tartibda tekshirish jarayonida ushbu shaxs 50 kilogrammli qoplarda shakar olib ketayotganligini ma’lum qildi. Ammo uning bu hiylasi naf bermadi.

Bojxonachilar umumiy qiymati 10,5 million so‘mlik 7,5 tonna “sulfat ammoniya” mineral o‘g‘itlarini ashyoviy dalil sifatida olishdi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida umumiy og‘irligi 40 tonnadan ziyod mineral o‘g‘itlarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют