» » BMTning Ozbekistondagi vakili: Harakatlar strategiyasi Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uygun

BMTning Ozbekistondagi vakili: Harakatlar strategiyasi Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uygun


Bugun xalqaro hamjamiyatning nigohi 20172021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan, desak, aslo yanglishmaymiz. Xalqaro ekspertlar tomonidan qayd etilishicha, Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uygundir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ozbekistonda faoliyat yuritayotgan tuzilmalari vakolatxonalari rahbarlari ushbu dasturilamal hujjatning mamlakat kelajagi uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini takidlamoqda.

Stefan Prisner, BMTning mamlakatdagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi:

BMTning Ozbekistondagi tuzilmalari mamlakatingizning yangi taraqqiyot dasturini toliq qollab-quvvatlaydi. Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar Ozbekistonning bugungi rivojlanish bosqichida juda dolzarb sanaladi. Unda mamuriy, sud-huquq, iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy sohani rivojlantirish, shuningdek, yaqin qoshnichilik, dostlik va millatlararo bagrikenglik ruhida tashqi siyosat olib borish kozda tutilgan. Unda belgilangan koplab vazifalar BMTning 20162020-yillarga moljallangan Taraqqiyotga komaklashuvchi doiraviy dasturiga muvofiq BMT tuzilmalarining mamlakatingiz bilan hamkorligining ustuvor yonalishlariga hamohangdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mamlakat guruhi Harakat dasturi ishlab chiqilayotgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlari asosidagi global taraqqiyot dasturi hamda xalqaro huquqiy asoslar, shuningdek, hamkorlikning joriy va istiqboldagi yonalishlarini hisobga olgan holda, oz tavsiyalarini berdi. Shuni ishonch bilan takidlamoqchimanki, BMT Taraqqiyot dasturi va BMT agentliklarining Ozbekistondagi vakolatxonalari bundan keyin ham mamlakatingiz bilan hamkorlik qilishga, shu jumladan, Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga komaklashishga tayyor.

Krista Pikkat, YuNESKOning Ozbekistondagi vakolatxonasi rahbari:

Mamlakat rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi etirofga loyiq. Ushbu hujjatning jamoatchilik muhokamasi tashkil qilingani manfaatdor tomonlarga, jumladan, fuqarolik jamiyati institutlariga muhokamalarda ishtirok etish va respublika kelajak taraqqiyoti yoli boyicha oz fikrlarini bildirish imkonini berdi. Bunday jarayon xalqning dilidagi gaplarni eshitish, oz kelajagini belgilashda ishtirokini taminlashda muhim vosita hisoblanadi. Bu, ayniqsa, Ozbekistonda 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb elon qilingan bir davrda yanada ahamiyatlidir.

YuNESKO Harakatlar strategiyasini tushuntirish va targib qilishda OAVning faol rol oynashini qayd etadi. Shubhasiz, jurnalistlar chuqur tahliliy materiallari bilan davlat va jamiyat ortasida koprik bolib xizmat qiladi.

Harakatlar strategiyasi maqsadlari mamlakatning kelajak taraqqiyotini belgilab beradi. Ayniqsa, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga etibor qaratilayotgani, talim sifatini oshirishga urgu berilayotgani, qonun ustuvorligini, millatlararo bagrikenglikni taminlash asosiy maqsad sifatida belgilangani diqqatga sazovordir. Bu Barqaror rivojlanish maqsadlarining ilgor goyalariga tayangan holda, inson manfaatlarini taminlashning muhim omili sanaladi.

Strategiya doirasida YuNESKO talim sifatini yanada oshirishga, OAV masuliyatini yuksaltirishga, mamlakatning madaniy va tabiiy merosini saqlashga komaklashishi mumkin. Tashkilotimiz oz tajribasi, ilgor xalqaro amaliyot bilan Ozbekistonning barqaror kelajagini yaratish boyicha say-harakatlarini qollab-quvvatlashda davom etadi.

Sasha Graumann, YuNISEFning Ozbekistondagi vakolatxonasi rahbari:

BMT Bolalar jamgarmasi 20172021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinishini alohida etirof etadi. Eng muhimi, Harakatlar strategiyasini ishlab chiqishda fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar, OAV, xalqaro tashkilotlar ishtiroki uchun barcha sharoit yaratildi, uni amalga oshirish boyicha tavsiyalar inobatga olindi.

YuNISEF xalqaro ekspertlik komagi, ilgor tajriba va amaliyot bilan Ozbekistonda onalar hamda bolalar huquqlarini inobatga olgan holda islohotlar amalga oshirilishini qollab-quvvatlab keladi. Xususan, YuNISEF sud-huquq sohasida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar doirasida xalqaro qoidalar va standartlarni implementatsiya qilish masalalarida mamlakatingiz hukumati bilan yaqin hamkorlik ornatgan. Sudlarning ixtisoslashishi hamda xodimlar salohiyati oshirilishi bolalarga dostona sud tizimini yaratishga xizmat qiladi. Bu esa odil sudlov jarayonida zarur komak berishda qol keladi.

BMT Bolalar jamgarmasi davlat tashkilotlari va NTT bilan hamkorlikda bolalar huquqlariga daxldor masalalarda oz faoliyatini davom ettiradi. 2013-yili BMTning Bola huquqlari boyicha qomitasi Ozbekistonga oz takliflarini bergan edi, YuNISEF ushbu tavsiyalarni amalga oshirishda har tomonlama komaklashmoqda.

Ozbekiston Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida Bola huquqlari togrisidagi konvensiyaning uchinchi fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish masalasini korib chiqish uchun qoshimcha imkoniyatlarga ega. Biz Harakatlar strategiyasini samarali royobga chiqarishda Ozbekiston bilan faol hamkorlik qilishga tayyormiz.

Miyeko Yabuta, BMT Aholishunoslik jamgarmasining Ozbekistondagi vakolatxonasi rahbari:

Yaqinda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi Ozbekiston Respublikasi rahbariyatining mamlakatni ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan jadal rivojlantirishga bolgan intilishining yaqqol ifodasidir. Bu asosiy maqsad sari, yani 2030-yilda aholi jon boshiga daromadi yuqori bolgan davlatlar qatoridan joy olish yolidagi muhim qadamdir. Harakatlar strategiyasi muhokamasi jamiyat hayotining barcha jabhasida islohotlarni yanada chuqurlashtirishga odamlar katta ishtiyoq bilan qarayotganini korsatdi. Bahs-munozaralar Harakatlar strategiyasini yanada boyitishga, unda odamlarning ehtiyojlarini aks ettirishga xizmat qildi. BMT agentliklari ham muhokamalarda faol qatnashdi. Bunday hamkorlik kelajakda ham izchil davom ettiriladi. Bu bizga bugungi kun talablariga javob beradigan davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga oz hissamizni qoshish imkonini beradi.

Tashkilotimizning asosiy faoliyat yonalishlari, jumladan, xotin-qizlar hamda yoshlar farovonligi, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, aholining reproduktiv salomatligini taminlash Harakatlar strategiyasining eng muhim yonalishlari sifatida belgilangani quvonarlidir. Ushbu hujjat onalar sogligini muhofaza qilish, birlamchi tibbiy yordam korsatish darajasida reproduktiv salomatlikka etibor qaratish, tibbiy xizmat sifati va undan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, yoshlar orasida soglom turmush tarzini targib qilish borasida aniq chora-tadbirlarni kozda tutadi. Aynan mana shu sohalarda BMT Aholishunoslik jamgarmasi katta tajribaga ega. Biz ushbu tajribamiz bilan ortoqlashishga hozirmiz.

Biz Ozbekiston hukumati, jamoat tashkilotlari bilan xalqingiz hayot darajasini yanada yuksaltirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasining toliq amalga oshirilishida baqamti ishlashga tayyormiz.

Dinara Chirkova yozib oldi

: admin (10-03-2017, 13:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -