» » “Oskar-2019” g‘oliblari, 100 ming so‘mlikdan foydalanishni boshlagan o‘zbekistonliklar, Xotin-qizlar qo‘mitasining seriallarga munosabati va kunning boshqa xabarlari

“Oskar-2019” g‘oliblari, 100 ming so‘mlikdan foydalanishni boshlagan o‘zbekistonliklar, Xotin-qizlar qo‘mitasining seriallarga munosabati va kunning boshqa xabarlari


25-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Bugun, 25-fevral kuni AQShning Los-Anjeles shahrida nufuzli “Oskar-2019” mukofoti o‘z egalariga topshirildi.

“Oskar” bosh sovrini “Eng yaxshi film” nominatsiyasida rejissor Piter Farellining “Yashil kitob” filmi g‘olib bo‘ldi.

Nufuzli mukofot taqdimotiga yulduzlar rang-barang liboslarda tashrif buyurdi.

***

O‘zbekistonliklar yuz ming so‘mlik pullardan foydalanishni boshladi.

25-fevraldan boshlab O‘zbekistonda yuz ming so‘mlik kupyura muomalaga kiritildi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu kupyura egalari tomonidan suratga olingan rasmlar tarqaldi.

***

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi seriallarni to‘xtatishga emas, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga chaqirdi.

“Seriallarni taqiqlab qo‘yish ham mumkin, lekin tomoshabin istasa qaysidir serialni internet orqali ham tomosha qilaveradi... Butun dunyoda seriallar namoyish qilinadi. Avvalo, biz farzandlarimizni voqelikka mustaqil, obyektiv, tanqidiy va tahliliy munosabatda bo‘lib, har qanday vaziyatda to‘g‘ri xulosa chiqara oladigan qilib tarbiyalashimiz kerak”, — dedi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova.

***

Maktabgacha ta’lim vazirligi Urgutdagi bog‘chada tarbiyalanuvchining o‘limi bo‘yicha batafsil axborot berdi.

Avvalroq Urgut tumanidagi bog‘chada 6 yoshli qizcha arg‘imchoqdan yiqilgach, qarovsiz qolib ketgani, bir kun o‘tib o‘ziga kelmay vafot etgani haqida maqola e’lon qilingan edi.

O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyati Urgut tumani 29-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi Orziyeva Rayhonoy O‘rinboy qizining o‘limi tafsilotlari har taraflama, joyiga borilgan holda o‘rganildi.

***

Samarqand shahrining logotipi muhokamaga qo‘yildi.

Oktabr oyida Samarqand viloyati departamenti shaharning eng yaxshi turistik logotipi tanlovini e’lon qilgan. Uch oy davomida O‘zbekiston, Rossiya va AQShdan eskiz namunalari kelib tushgan. Yanvar oyi boshida shulardan eng yaxshi sakkiztasi tanlab olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют