» » Bu hafta O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

Bu hafta O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?


25—27-fevral kunlari O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo kutilmoqda. Havo harorati kechasi 3-8 daraja iliq atrofida, kunduzi 13-18 daraja iliq, respublika janubi va cho‘l zonalarida 20 darajagacha ko‘tariladi, bu shu davr uchun ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlardan 2-4 darajaga yuqori haroratlardir. Bu haqda FVV xabarida aytiladi.

28-fevraldan 2-martgacha respublika hududiga Turkmaniston hududlaridan nam havo oqimlari asta kirib kela boshlaydi. Mamlakat hududida bulutlilik ortib, 28-fevralda va 1-martda ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘adi. 2-mart kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bu davr mobaynida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘li tumanlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi va qorga aylanadi.

Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, 28-fevral—1-mart  kuni kunduzi 13-18 daraja iliq, 2-martda 10-15 daraja iliq, tog‘li hududlarda 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют