» » O‘zbekiston poytaxtini Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish taklifini so‘rovda ishtirok etganlardan yarmidan ortig‘i qo‘llab-quvvatlamadi

O‘zbekiston poytaxtini Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish taklifini so‘rovda ishtirok etganlardan yarmidan ortig‘i qo‘llab-quvvatlamadi


O‘zbekiston poytaxtini Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish haqida taklif yuzasidan Sputnik O‘zbekiston agentligi so‘rov o‘tkazdi.

So‘rovda 649 kishi ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra, 50 foizdan ortiq kishi mamlakat poytaxtini Jizzax shahriga ko‘chirish maqsadga muvofiq emas degan bandga ovoz bergan. Ko‘pchilik bu tashabbusni budjet mablag‘ini bekorga sarflash deya baholagan.

13 foiz kishi poytaxtni respublikaning jo‘g‘rofik markazida tashkil qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.

So‘rovda qatnashganlarining 17 foizidan ko‘pi Samarqandga poytaxt maqomini qaytarishga ovoz bergan. Aynan Samarqand shahri XIV asrda Amir Temir davlatining poytaxti, 1925—1930-yillarda esa O‘zbekiston SSR poytaxti bo‘lgan.

So‘rovda qatnashganlarning 10 foiziga yaqin qismi O‘zbekiston poytaxtini yangi joyda tashkil qilishga ovoz bergan.

Shuningdek, 9 foizdan ortiq kishi “hukumat bunga bormaydi” degan bandga ovoz bergan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq yozuvchi Mamadali Mahmudov O‘zbekiston poytaxtini Jizzaxga ko‘chirish haqida taklif bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют