» » Vladivostokda o‘zbekistonlik mehnat muhojiri avtomobilda 15 yashar o‘smirni urib yuborib, voqea joyidan yashirindi

Vladivostokda o‘zbekistonlik mehnat muhojiri avtomobilda 15 yashar o‘smirni urib yuborib, voqea joyidan yashirindi


Vladivostokda o‘zbekistonlik mehnat muhojiri avtomobilda o‘smirni urib yubordi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

“Hodisa 12-fevral kuni ro‘y berdi. Toyota Prius haydovchisi o‘ngga burilish chog‘ida 15 yashar o‘smirni urib yubordi va shundan so‘ng YTH yuz bergan joydan yashirindi. Jabrdiyda oyoq sinishi bilan bilan kasalxonaga yotqizildi”, — deyiladi Rossiya IIVning Vladivostok bo‘yicha boshqarmasi xabarida.

Shahar avtoinspeksiyasi qidiruv guruhi tomonidan Toyota Prius haydovchisi qo‘lga olindi. U 38 yashar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. U haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgani, shuningdek, Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgani aniqlandi. Hozirgi paytda u hibsga olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘smir sog‘ligiga og‘ir shikast yetkazilgani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют